13:08 / 31.07.2015
2268

Qozog‘iston bosh vaziri: Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2022 yilgi qishki o‘yinlarni Olma-Otaga ishonishi kerak

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2022 yilgi qishki o‘yinlarni Olma-Otaga ishonsa, hech narsadan yutqizmaydi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri va “Olma-Ota-2022” murojaat qo‘mitasi raisi Karim Masimov qo‘mitaning 128-sessiyasi chog‘idagi taqdimot paytida ma'lum qildi.
2022 yili XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari va XIII Paralimpiya o‘yinlariga mehmonlik qiluvchi shahar 31 iyul kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasining navbatdagi sessiyasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Pekindan tashqari, mezbonlikka Olma-Ota shahri ham da'vogarlik qilmoqda.
Ovoz berishda XOQning 100 a'zosidan 85 nafari ishtirok etadi. Saylovda ko‘proq ovoz olgan shahar g‘olib bo‘ladi.

Top