10:21 / 01.08.2015
2138

APL YeChLda ishtirok etuvchi jamoalariga alohida imtiyoz yaratib bermaydi

Angliya premer-ligasining ijrochi direktori Richard Skademorning ma'lum qilishicha, yangi mavsumda YeChLda ishtirok etadigan ingliz jamoalariga qulaylik yaratish maqsadida turnir taqvimida o‘zgartirishlar amalga oshirilmaydi.

2007 yildan 2011 yilgacha ingliz jamoalaridan kamida uchtasi YeChLning chorak finalida qatnashgan (20ta imkoniyatdan 16ta o‘rin). Keyingi 4 yil davomida APL jamoasi YeChL chorak finaliga atigi 3 marta chiqdi.

"Ha, xavotirlansa arziydi. Ko‘rsatkichlar yomonlashishda davom etsa, yo‘llanmalar soni 4tadan 3tagacha tushishi mumkin. Vaziyatni izohlash qiyin, axir jamoalarimiz turnirda yaxshi natija ko‘rsatish uchun tirishishmoqda.
Yangi mavsum taqvimida bir qancha o‘yinlar haftaning juma kuniga belgilandi. Lekin biz mavsum davomida o‘yinlarning vaqtini o‘zgartirmoqchi emasmiz. YeChL o‘yinlari seshanba va chorshanba kunlari o‘tkaziladi. Bir jamoaga yordam berish uchun liganing boshqa jamoalarining manfaatlariga daxl qilinmaydi. Bu bo‘yicha qaror qabul qilib bo‘lingan", deydi Skademor.

Qayd etish joizki, o‘tgan mavsumda "Arsenal" va "Chelsi" jamoalari murabbiylari Arsen Venger va Joze Mourino APL taqvimi YeChLdagi ishtirok uchun noqulay tuzilganidan shikoyat qilishgan edi.

Top