09:49 / 02.08.2015
2628

Italiyalik suzuvchi Qozondagi jahon chempionati shohsupasida o‘z mahbubasining qo‘lini so‘radi

Qozondagi jahon chempionatida ochiq suv havzasida 25 km masofaga suzishda jahon chempioni bo‘lgan italiyalik suzuvchi Simone Ruffini g‘oliblar shohsupasida o‘zining mahbubasiga turmushga chiqish taklifini bildirdi.

Sportchi 25 km masofani 4 soat 53 daqiqa 10,7 soniyada bosib o‘tib, shoshgancha qog‘ozda italyan tilida “Avrora, mening rafiqam bo‘lasanmi?” deb yozdi va uni shohsupada turgan joyida sevgilisiga ko‘rsatdi.

Avrora Posele ham Italiya terma jamoasi safida ushbu chempionatda ishtirok etmoqda va Ruffiniga tribunadan turib muxlislik qildi. Qiz hozircha rozilik javobini bermadi, biroq qo‘llari bilan Ruffiniga “yurakcha” ko‘rsatdi, so‘ngra o‘z jamoasidan ushbu munosabat bilan tabriklar ola boshladi.

Top