05:33 / 02.08.2015
2223

Leonid Slutskiy Rossiya terma jamoasiga murabbiy etib tayinlanishi bilan bog‘liq vaziyatni “kulgili” deb atadi

Moskvaning “TsSKA” jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy o‘zining Rossiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi mish-mishlarga izoh berib o‘tdi.
“Ehtimol men terma jamoa bo‘yicha izoh bera oladigan so‘nggi odam bo‘lsam kerak, sizga o‘xshab men ham buni o‘qib bilyapman. To‘g‘risini aytganda bu mavzu jonga tegishni boshladi. Men bunga e'tibor bermaslikka harakat qilmoqdaman, meningcha bu vaziyat kulgili”, deb aytdi Slutskiy NTV+ telekanaliga bergan intervyusida.
Jurnalistlarning “bu vaziyat nimasi bilan kulgili ekani”ni tushuntirib berish borasidagi iltimoslariga Slutskiy: “Meni mensiz uylantirib qo‘yishib, bu haqda menga nimalarnidir aytishmoqda va yozishmoqda, men esa hech narsadan bexabarman”, deya javob berdi.
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida Leonid Slutskiy nomi ham keltirilayotgan edi. Biroq Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko jurnalistlar Slutskiyni terma jamoaga bosh murabbiy qilib “tayinlashda” biroz shoshib qo‘yganlarini aytgan.

Top