11:22 / 02.08.2015
1799

Petr Chex: Futbolni chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynash bilan boshlaganman

"Arsenal” jamoasi darvozaboni Petr Chex o‘z futbolchilik faoliyatining boshlanish chog‘larini eslab o‘tdi.

“Hech qachon darvozabon bo‘laman, deb o‘ylamagandim. Avvaliga xokkeyda darvozabon bo‘lib o‘ynaganman. Futbolga o‘tganimda esa chap qanotda harakat qilgandim.
Ba'zan mashg‘ulotlar yakunida darvozabonsiz futbol o‘ynardik, yoki navbatma-navbat darvozaga turardiye . O‘shandp xokkeydan keyin futbol darvozasi menga juda katta bo‘lib tuyulgan.
Bir kuni darvozabonimiz o‘yinga kelmadi va murabbiy mendan darvozaga turishimni so‘radi. O‘sha kungi o‘yinimdan keyin darvozabonlar murabbiyi menga u bilan ishlashim kerakligini aytdi”, - deb eslaydi Chex.
Eslatib o‘tamiz, bugun Piter Chex "Arsenal" tarkibida Angliya Superkubogi uchun o‘zining sobiq jamoasi "Chelsi"ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.

Top