19:22 / 02.08.2015
9354

Samarqandda 19 kishi Sibir kuydirgisi borligi gumon qilinib, shifoxonaga yotqizildi

O‘zbekistonning Samarqand viloyatida 19 kishi Sibir kuydirgisiga chalinganlikda gumon qilinib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mahalliy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“25 iyul kuni Pastdarg‘om tumanidagi Islomobod tumanida istiqomat qiluvchi 19 kishi Sibir kuydirgisiga gumon qilinib, shifoxonaga yotqizildi”, – dedi mahalliy epidemiologiya xizmatining nomi keltirilmagan vakili agentlik muxbiri bilan muloqot chog‘ida. Ayni paytda tumanda aksilepidemiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

2014 yilning iyul oyida matbuotda Sirdaryo viloyatida yashovchi 30 kishi xuddi shu xastalikka chalinganda gumon qilinayotgani haqida axborot tarqalgan edi. Ammo mamlakatning rasmiy vakillari bu va shunga o‘xshash boshqa bir qancha ma'lumotlarni inkor qilgan edi.

Sibir kuydirgisi o‘tkir infeksion xastalik hisoblanib, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, unga chalingan bemor olamdan o‘tishi mumkin. Ushbu kasallik insonga zararlangan jonivorlar go‘shti, shuningdek, teri, mo‘yna va boshqalardan o‘tishi mumkin. Infektsiya odamdan odamga o‘tmaydi.

Top