17:59 / 02.08.2015
4023

Yakunin: Rossiya temir yo‘llari Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdodan 7 mlrd dollar olishi mumkin

Rossiyaning tranzit salohiyati “TRASeKA” va “Ipak yo‘li” loyihalarining qo‘shilishidan yanada kattaroq manfaat ko‘radi. “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi ushbu loyihalar realizatsiyasidan so‘ng Yevropa va Osiyo tashqi savdo aylanmasi natijasida 7 mlrd dollar foyda ko‘rishni ko‘zlamoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Vladimir Yakunin “Rossiya 24” kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Agar biz tashqi savdo aylanmasidan 1 foiz olsak ham, bu esa Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yuklar, bu Rossiya temir yo‘lchilari uchun ulkan summani, 6 yoki 7 mlrd dollarni tashkil qiladi. Tabiiyki, biz barchamiz, shu jumladan, Osiyo va Yevropa temir yo‘lchilari ushbu hajm ko‘payib borishi uchun kurashmoqdamiz. O‘ylashimcha, yuqori tezlikdagi bog‘lanishni hisobga olsak, bu foiz oshib boradi va bozordan o‘z ulushimizni olamiz”, – dedi u.

Top