08:16 / 03.08.2015
2171

"Anji" RFIga "TsCKA" muxlislaridan shikoyat qildi

"Anji" jamoasi Rossiya futbol ittifoqi va huquq-tartibot organlaridan Rossiya chempionatining 3 turi doirasida "TsSKA"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda muxlislarning o‘zini yomon tutgani bo‘yicha shikoyat qildi.

1 avgust kuni o‘tkazilgan bu o‘yinda "TsSKA" 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

"1 avgust kuni "Arena Ximki"da "TsSKA" va "Anji" jamoalari bahsida mezbon jamoa muxlislari o‘zlarini juda yomon tutishdi va jinoiy harakatlarni amalga oshirishdi. Muxlislar tomonidan bunday ishlarning yuz berishi jazosiz qolsa, ular bunday harakatlarini davom ettiraverishadi. Bu esa mamlakat futboli taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi tabiiy", deyiladi "Anji" jamoasi rasmiy saytida.

"Biz nafaqat o‘z jamoamiz va muxlislarimizni, balki Rossiyadagi barcha jamoalar va muxlislar bunday madaniyatsiz, o‘zboshimcha fanatlardan himoya qilinishini istaymiz", deb qo‘shimcha qilinadi murojaatda.

Top