11:26 / 03.08.2015
1844

Blatter XOQ a'zoligi uchun navbatdagi saylovda ishtirok etmaydi

FIFA prezidenti Yozef Blatter Xalqaro olimpiya qo‘mitasining yangi a'zolarining saylovida ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda The News Tribune nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, bu haqda qo‘mita prezidenti Tomas Bax chiqish qilgan. Uning aytishicha, Blatterdan qayta saylanishga xohishi yo‘qligi haqida xat olgan.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, yetti oydan keyin qo‘mita a'zoligi muddati tugaydigan Blatter har qanday vaziyatda ham 80 yoshga to‘lganida qo‘mita a'zoligidan ketishga majbur bo‘lardi.

Top