15:59 / 03.08.2015
5466

Internetda Samsung Galaxy Note 5 va Galaxy S6 Edge+ smartfonlarining fotosuratlari paydo bo‘ldi

Tez kunlar ichida Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy Note 5 va Galaxy S6 Edge + smartfonlarini taqdim etish niyatida. So‘ngi tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, har ikkala smartfon ham 13 avgust kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan taqdimot marosimida keng ommaga namoyish etiladi. 
Bugun bu ikkala qurilmaning fotosuratlari internetda paydo bo‘ldi. 

Fotosuratga qarab shuni anglash mumkinki, smartfonlardan biri (Galaxy Note 5) Stilus’ga, ikkinchisi (Galaxy S6 Edge +) esa qurilmaning hoshiyasi tomonga egilgan displeyga ega bo‘ladi.

Smartfonlarning ikkalasi ham bir xil texnik ko‘rsatgichlarga, ya'ni: 64 razryadli 8 yadroga ega Samsung Exynos 7422 protsessori, 4 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira, 5,7-dyumli Quad HD formatidagi tasvirlarni ko‘rsatish imkonyatiga ega bo‘lgan Super AMOLED displey, 16 megapikselli asosiy va 5 megapiksel old kameraga ega bo‘ladi. 
Operatsion tizim sifatida bu ikkala qurilmaga TouchWiz qobig‘ida ishlovchi Android 5.1.1 Lollipop o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Galaxy S6 Edge + smartfoni 800 yevro narxda sotilishi haqida xabar qilgan edik

Top