09:17 / 03.08.2015
1765

«Liverpul» Cherishev uchun 17 mln yevro to‘lashga tayyor

"Liverpul” klubi rahbariyati Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Denis Cherishev uchun 17 million yevrodan voz kechishga tayyor.

As nashri ma'lumotiga ko‘ra, ushbu 24 yoshli rossiyalik futbolchi uchun bir necha taklif bor. "Liverpul"ning taklifi har tomonlama ma'qul deya baholanmoqda.

Madridliklar bosh murabbiyi Rafael Benites Cherishevning taqdiri bo‘yicha mavsumoldi yig‘inlaridan keyin qaror qabul qilishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Cherishev o‘tgan mavsumni ijara asosida "Vilyarreal" safida o‘tkazdi va 26 o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi hamda 11ta golli uzatma amalga oshirdi.

Top