11:24 / 04.08.2015
1931

Di Mariyaning "PSJ"da tibbiy ko‘rikdan o‘tishi futbolchining toliqqani tufayli 1 kunga kechiktirilgan

"Manchester Yunayted" jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning "PSJ"da tibbiy ko‘rikdan o‘tishi vaqti bir kunga kechiktirilgani ma'lum bo‘ldi.

The Daily Mail nashrida yozilishicha, bunga futbolchining uchishlar davomida toliqqani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Qatarning Doha shahriga 2 avgust kuni kechasi "PSJ"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida yetib borgandi. O‘sha kunning o‘zida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘lgan Di Mariya bunga rozilik bildirmasdan, dam olish uchun mehmonxonaga yo‘l olgan.

Shu tariqa uning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi dushanba kuni boshlangan va seshanba kuni bu jarayon davom ettiriladi.

Agar u tibbiy ko‘rikdan muvaffaqyat bilan o‘tsa, "MYu" va "PSJ" o‘rtasida 44,5 mln funtlik transfer shartnomasi imzolanadi. Parijliklar futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolab, unga haftasiga 170 ming funt to‘lashni rejalashtirishgan.

Top