20:13 / 04.08.2015
8684

O‘zbekistonlik kurashchiga "Cobalt" avtomobili kaliti topshirildi

Sport kurashi bo‘yicha Qatarda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgan Umidjon Ismanov "Cobalt" avtomobili kalitini qabul qilib oldi.

17 yoshli ushbu sportchiga bu sovg‘a Namangan viloyati hokimligi tomonidan topshirilgan.
O‘zbekistonlik bu kurashchi ayni vaqtda shu yilning sentabr oyida Las-Vegas shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorlanmoqda.

"Men Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan 2016 yilgi Olimpiadaga yo‘llanma olmoqchiman", deydi Ismanov.

Top