Dortmundning «Borussiya» klubi Avstriyaning «Volfsberg» jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi javob uchrashuvi uchun 63 mingta chipta sotdi.
Eslatib o‘tamiz, ikki jamoa o‘rtasidagi dastlabki safar uchrashuvida «Borussiya» kichik — 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
«Borussiya» va «Volfsberg» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 avgust, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, javob uchrashuvi o‘tkaziladigan «Signal Iduna Park» stadioni o‘z bag‘riga 81 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.