16:42 / 05.08.2015
2438

Donald Tramp o‘z tvitteri orqali odamlarni 54 marta "ahmoq" deb atagani ma'lum bo‘ldi

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp tvitterda o‘z rasmiy akkauntini yuritishni boshlagandan buyon odamlarni 54 marta "ahmoq" deya sifatlagan. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.

Portalning aniqlashicha, Tramp o‘z tvitlarida boshqa tvitterchilar bilan muloqoti chog‘ida ularni 54 marta shunday haqoratli so‘z bilan "siylagan".

Ta'kidlanishicha, bu uning tvitterdagi obro‘yiga salbiy ta'sir ko‘rsatmasdan, balki yanada mashhurlashishiga sabab bo‘lgan.

Qayd etish joizki, uning akkauntida ayni vaqtda 3,44 mln follover mavjud.

Top