14:03 / 05.08.2015
3092

Joze Mourino APLning yangi mavsumi arafasida jamoalarning imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino London Evening Standard bergan intervyusi chog‘ida yangi mavsumda Angliya chempionligi uchun qaysi jamoalar kurash olib borishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chelsi» so‘nggi o‘n yil mobaynida 4 marotaba mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Bu ulkan poyga kiritilgan investitsiya muhim rol o‘ynadi. Agar siz investitsiya kiritgan bo‘lsangiz, demak siz titul uchun kurasha olishingiz mumkin».

«Arsenal» hozirgi vaqtda ajoyib futbolchilari bilan fantastik klub bo‘lib turibdi. Ular kamida oxirgi turga qadar chempionlik uchun kurasha olishadi. «Liverpul» katta xaridlarni amalga oshirdi. «Manchester Siti»da esa yaxshi ko‘rmasdan ilojingiz yo‘q bo‘lgan Angliyadagi eng yaxshi tarkib bor. Ular besh yilda ikki marta bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. «Manchester Yunayted» hamma narsa – tarix, futbolchilar, va pul bor. Umuman olganda mazkur jamoalar titul uchun jang olib borishadi».

«Bizning imkoniyatlarimiz haqida gapiradigan bo‘lsak, «Chelsi»ga men kelganimdan keyin, biz oldinga qarab fantastik qadam tashladik. Mening jamoa rahbariyati bilan aloqalarim juda yaxshi edi. Biroq ba'zi o‘rinlarda biz vaziyatga boshqa-boshqa ko‘z bilan qaradik. «Real»ni tark etib, «Chelsi» ga qaytganimda, Roman Abramovich talabi bilan chempionlik uchun kurashga qo‘shildik. Biz o‘sha yiliyoq chempionlikni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi, biroq bu ishni ikkinchi yilda uddaladik. Endi biz uchinchi mavsumni boshlamoqdamiz va yana chempionlik uchun kurashga tayyorligimiz quvonarli», deydi Mourino.

Top