10:06 / 05.08.2015
2791

LG va Samsung suyuq kristalli ekranlar savdosi tushib ketgani tufayli OLED-displeylarga sarmoya qiritmoqchi

Janubiy Koreyaning Samsung Display va LG Display kompaniyalari arzon mahsulotlar taklif qilayotgan Xitoy kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan qattiq raqobat tufayli suyuq kristalli displeylardan olinadigan daromad shubha ostiga qo‘yilayotgani uchun OLED-ekranlarni (organik svetodiodli ekranlar) takomillashtirishga o‘z e'tiborlarini qaratmoqchi.

IHS tadqiqotchilarining prognozlariga ko‘ra, LCD-ekranlar haddan ziyod ko‘p ishlab chiqarilgani bois ularning 2015 yildagi savdosi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kamayib, 129 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bunda organik svetodiodli texnologiya ushbu texnologiya bo‘yicha displeylar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning jami daromadining o‘sishini namoyon qiluvchi yagona texnologiya bo‘lib qoladi. Bu displeylar savdosi o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga, ya'ni 11,8 mlrd dollargacha oshishi mumkin.

IHS xodimi Devid Se OLED-displeylar segmentida savdolar oshishini smartfon, televizor, planshet va taqib yuriladigan qurilmalar bozorida bunday displeylar savdosining oshgani bilan bog‘lamoqda.

Samsung kompaniyasi 2016 yilning 1-choragida OLED-displeylardan oyiga 63 mingta ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, hozirda kompaniya oyiga 39 mingta shunday displeylar chiqarmoqda. Kompaniya joriy yilning birinchi yarmida o‘zining displeylar biznesini rivojlantirishga 1,4 mlrd dollar sarmoya kiritdi, ikkinchi yarmida esa yana 1,75 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘lardan katta qismi OLED-mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarish uchun sarflanadi.

Top