20:01 / 05.08.2015
2674

Politsiya Xabarovsk yaqinida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 16 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Xabarovsk o‘lkasi ichki ishlar boshqarmasida Xabarovsk shahri yaqinida ikki avtobus to‘qnashishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Halok bo‘lganlar orasida haydovchilardan biri va bir bola bor, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

10 kishi og‘ir, yana 44 kishi o‘rta va yengil ahvolda shifoxonalarga jo‘natilgan.

Avvalroq to‘qnashuvdan keyin avtobuslarda 40 ga yaqin kishi to‘sib qolingani ma'lum qilingandi.

Xabarovsk o‘lkasi gubernatori avtohalokat qurbonlari xotirasiga motam e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, avtohalokat mahalliy vaqt bilan 15:00 da Nanay tumanidagi Gassi ko‘li yaqinida, Xabarovsk-Komsomolsk-Amur trassasida sodir bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Komsomolsk-Amurdan kelayotgan avtobus haydovchisi yo‘lda ta'mirlash ishlari olib borayotgan qurilish texnikasini aylanib o‘tmoqchi bo‘lganda boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. U qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, boshqa avtobus bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda avtobus yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Ikkala avtobusda 72 kishi – 68 yo‘lovchi va 4 nafar haydovchi ketayotgan bo‘lgan.

Top