06:23 / 05.08.2015
3378

Turkiya oxirgi yarim yil ichida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Turkiya hukumati oxirgi yarim yil ichida Suriyaga terrorchilik tashkilotlari safida janglarda harakat qilish uchun noqonuniy tarzda chiqib ketmoqchi bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi vakili.  

“Ularning aksariyati Suriyaga Turkiya orqali ketmoqdalar. Bu yerga nafaqat O‘zbekistondan, balki Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa davlatlaridan odamlar kelmoqda”, deb aytdi mas'ul shaxs. Uning aytishicha, iyul oyining o‘zida turk hukumati Suriyaga ruxsatsiz chiqib ketmoqchi bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga olgan.

Top