09:44 / 06.08.2015
2342

Jordi Alba Yevropa Superkubogi uchun o‘yinda maydonga tusha olmaydi

"Barselona” klubi himoyachisi Jordi Alba “Roma”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat oldi.

Futbolchining bel qismi jarohatlangani xabar qilinmoqda. Albaning safga qaytishi uchun taxminan 10-15 kun vaqt kerak bo‘lishi aytilgan.

Shu tariqa, Alba Yevropa Superkubogi uchun 11 avgust kuni Tbilisida o‘tkaziladigan “Sevilya”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Top