09:01 / 06.08.2015
2535

Yagona portal orqali turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish mumkin

Yagona portalda “Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish bo‘yicha ariza yuborish” xizmati ishga tushirildi. Bu haqda uz24.uz xabar berdi.

Barcha zarur hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Xizmat natijasi bo‘lib turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish yoki berishni rad etish, shuningdek qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qaror hisoblanadi. Xizmatdan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishlari mumkin.

Top