10:28 / 07.08.2015
3324

G‘arb kanallari rossiyalik xakerlar yana bir bor Pentagon kompyuter tizimiga kirib olganini xabar qildi

Rossiyalik xakerlar Pentagon kompyuter tizimiga “murakkab tashkillashtirilgan kiberhujum” uyushtirdi, deb xabar berdi NBC News telekanali.
Hujum 25 iyul kuni sodir etilgani aytilmoqda.

Aytilishicha, xakerlar elektron axborot almashishning maxfiylashtirilmagan tizimini buzib kirib, Pentagonning 4 ming xodimi haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘lgan.
Iyul oyining oxirida rossiyalik xakerlar Twitter orqali virus tarqatib, Oq uy tizimiga kirib olgani xabar qilingan edi.

Top