07:56 / 08.08.2015
2864

2015 yilning birinchi yarmida Rossiyaga import hajmi 40 foizga kamayib ketdi

2015 yilning birinchi yarmida Rossiyaga uzoq xorijiy davlatlardan mahsulotlar importi 39,6 foizga, ya'ni 90,42 mlrd dollargacha kamayib ketdi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmatining xabarida ma'lum qilindi

2015 yilning iyulida uzoq xorijiy davlatlardan mahsulotlar importi umumiy qiymati 13,782 mlrd dollarni tashkil qildi va iyun oyiga nisbatan 3,9 foizga ko‘paydi, biroq 2014 yilning iyul oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,8 marta kamaydi.

2015 yilning iyunida uzoq xorijiy davlatlardan import qilinadigan mahsulotlar tarkibida mashinalar va uskunalar ulushi 47,7 foizni tashkil qildi (2014 yilning yanvar-iyunida 51,1 foizni tashkil qilgan).

Bu mahsulotlarning umumiy import qiymati 2014 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 42,9 foizga, jumladan: mexanik uskunalar – 35,1 foiz, elektr uskunalar – 38,8 foiz, yerusti transport vositalari (temir yo‘ldan tashqari) – 56,5 foiz, optik uskunalar va qurilmalar – 32,5 foizga kamayib ketdi.

Yengil avtomobillar importi 51,9 foizga, yuk avtomobillar importi esa 76,0 foizga kamayib ketdi.

Top