12:52 / 08.08.2015
4693

Bobbi Kristina Braunning yigiti uni zaharlagani gumon qilinmoqda

Marhum qo‘shiqchi Bobbi Kristina Braunning yigiti bo‘lgan Nik Gordon marhumani qasddan o‘ldirgani gumon qilinmoqda. Uitni Xyusonning qiziga vasiylik qilgan Bedeliy Xargruv shunday ayblov bilan chiqqan.

Bundan oldinroq ham qizning o‘limiga qadar Gordonga nisbatan marhumaga kuch ishlatib zo‘ravonlik qilgani uchun sudga da'vo bilan murojaat qilingan edi. Bu hujum qizning ruhiy holatiga jiddiy zarar keltirgani aytilgan. Bobbi Kristina Braun komada yotganida esa Nik Gordon uning pullarini o‘g‘irlagan.

Yangi da'vo arizasida Xargruv Gordonning Bobbi Kristinaga zahar solingan kokteyl bergani haqida bildirgan. Marhuma shu ichimlikni iste'mol qilganidan keyin vannaga tushib, yuztuban yotgan holda jon bergan.

Top