22:57 / 08.08.2015
3568

Futbol bo‘yicha "DXR" terma jamoasi "LXR" terma jamoasini mag‘lub qildi

8 avgust kuni "Donetsk xalq respublikasi" va "Lugansk xalq respublikasi" terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Donetskdagi "Metallurg" stadionida o‘tkazilgan o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Qayd etilishicha, o‘yinni tribunadan turib 3 ming nafardan ortiq muxlis tomosha qilgan. O‘yin chiptalari bepul tarqatilgan.
Eslatib o‘tamiz, "DXR"da 25 iyul kuni respublika futbol ittifoqi tashkil etilgandi. Tashkilot rahbari etib "Shaxtyor" va Ukraina milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Igor Petrov tayinlangan.
Ma'lum qilinishicha, bu o‘yinda mezbonlar safida nigeriyalik yosh futbolchi ham ishtirok etgan.

Top