18:20 / 08.08.2015
17560

Jinoyat kodeksiga yangi jazo turi kiritilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari tomonidan Jinoyat kodeksiga ozodlikni cheklash bo‘yicha yangi jazo chorasi kiritilmoqda.

Yangi o‘zgarishga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxs ozodlikdan mahrum etilmaydi, balki oilasi hamda yaqinlari yonida jazo chorasini o‘taydi. Ozodlikni cheklash 6 oydan 5 yilgacha, voyaga yetmaganlar uchun 6 oydan 2 yilgacha sud tomonidan belgilanadi. Bunda u ishga, o‘qishga borishi mumkin. Biroq, ommaviy tadbirlarda ishtirok eta olmaydi, ta'qiqlangan joylarga bormaydi, transport vositasini boshqarmaydi, ish va o‘qish joyini o‘zgartirmaydi, alkogol ichimliklar iste'mol qilmaydi. Shuningdek, internet, mobil telefondan foydalanmaydi. Agarda ushbu taqiqlarga rioya etmasa, ozodlikdan cheklash boshqa jazo bilan almashtiriladi.

Qayd etilishicha, ozodlikni cheklash chorasi xarbiy xizmatchilar va chet el fuqarolariga qo‘llanilmaydi.

Ushbu qonun bo‘yicha so‘zga chiqqanlar qo‘l harakati sohasidagi huquqbuzarliklarni nazorat qilish va qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga kiritilayotgan yangi normalarni ham atroflicha muhokama qilishgandan so‘ng, mazkur qonunni ma'qullab ovoz berishdi.

Top