16:17 / 08.08.2015
2541

Malidagi mehmonxona jangarilardan tozalandi

7 avgust kuni Malida jangarilar tomonidan garovga olingan mehmonxonada qutqaruv amaliyoti yakunlandi. Mehmonxona hududidan 13 nafar kishining jasadi topilgan. Bu haqda Assosheyted Press nashriga Mali Mudofaa vazirligining matbuot xizmati rahbari Diaran Kone ma'lum qilgan.

Qurbon bo‘lganlarning 4 nafari mehmonxona xizmatchisi, 2 nafari jangarilar vakili, 5 nafari esa malilik askar ekani aniqlangan. Shuningdek, mehmonxonaga hujum vaqtida shu yerda istiqomat qilib turgan BMT xodimi ham halok bo‘lgan.

The Guardian nashrining yozishicha, hujum qilgan guruhning 7 nafar a'zosi tiriklay qo‘lga olingan. Ulardan biri o‘zini o‘ldirgan.

Hukumat ayni vaqtda Sevare — Mopti aeroportida xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Ayni vaqtda hech qaysi jangari tashkilot bu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Bundan oldinroq, Mali poytaxti Bamakodan 600 km masofadagi Sevare shahrida garovga olingan mehmonxona ham ozod qilingandi.

Top