08:26 / 08.08.2015
3408

Saakashvili Gollivudda suratga olingan filmda uning rolini Endi Garsia ijro etganini ma'lum qildi

Gruziyaning sobiq prezidenti, hozirda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Gollivudda suratga olingan, 2008 yildagi Rossiya-Gruziya munosabatlari haqidagi filmda uning rolini Gollivudning taniqli aktyori Endi Garsia ijro etganini aytdi.

“Gollivud 2008 yildagi Rossiya bilan Gruziya o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqida film suratga oldi. Filmda mening rolimni Endi Garsia ijro etdi. Aktyor mening xatti-harakatlarimni va aksentimni o‘rganish maqsadida men bilan bir kun birga bo‘ldi, mening uchrashuvlarimda ishtirok etdi. U meni qanchalik ishonchli o‘ynay olganini bilmaymanu, biroq film ko‘pgina qit'alarga bor haqiqatni telereportajlardan ko‘ra samaraliroq yetkazdi”, deb yozdi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Saakashvili.

Top