10:34 / 08.08.2015
2099

Terri Anri: Agar Benzema «Arsenal»ga kelsa, jamoa APLning eng kuchli jamoasiga aylanadi

"Arsenal" klubining fransiyalik sobiq hujumchisi Terri Anri "Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema "kanonirlar"ni ancha kuchaytirishi aytib o‘tdi.

"Ha, agar Benzema kelsa, "Arsenal" Angliya chempionatida favoritga aylanadi. Jamoa u bilan YeChLda ham yaxshiroq natijalarga erisha boshlashi mumkin. Karim - ajoyib futbolchi, u "kanonirlar"ning hujum chizig‘ini ancha kuchaytirgan bo‘lardi", - deydi Anri Sky Sports efirida.

"Albatta "Arsenal"da Jiru ham bor. U o‘tgan mavsumda 18ta ketma-ket o‘yinda 14ta gol urib, hayratlanarli ishni amalga oshirdi. Lekin birgina hujumchi bilan chempionlikka erishib bo‘lmaydi.

Qolaversa, Benzema raqib himoyasini doimo tahlikada ushlab turadigan hujumchi. U maydondaligida raqib himoyachilari oldinga o‘tishni o‘ylamaydilar ham", deydi Anri.

Biroz avvalroq, "Arsenal" Benzema uchun 65 million yevro taklif qilgani xabar qilingandi. Lekin jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger bu xabarlarni inkor qilgan.

Shu bilan bir vaqtda Benzema kichik jarohat tufayli 3 haftaga safdan chiqqani xabar qilingan.

Top