Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Ukraina bosh prokuraturasidagi so‘roqqa uning nomiga yuborilgan tahdidlar tufayli borishdan bosh tortdi. Bu haqda Yanukovichning advokati Vitaliy Serdyuk ma'lum qildi.
Advokatning aytishicha, Ukraina Jinoiy-protsessual kodeksi me'yorlariga ko‘ra, hayot va sog‘liqqa solinuvchi xavf tergov harakatlariga kelmaslikka asos bo‘la oladi.
Sobiq prezident o‘zining hozirdagi joylashgan o‘rnidan videokonferents formatida ko‘rsatma berishga tayyor.
6 avgust kuni Ukraina bosh prokuraturasi Yanukovichni uning ustidan ochilgan jinoiy ish davomida so‘roqqa kelishini so‘ragan.