15:20 / 08.08.2015
3232

Yozuvchi Samuil Lure olamdan o‘tdi

Rossiyalik yozuvchi Samuil Lure 74 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda marhumning yaqin kishilaridan biri, yozuvchi Viktor Shenderovich o‘z feysbukida ma'lum qilgan.

"Bir soatgina oldin Samuil Lure bizni butunlay tark etdi. U men hayotda uchratgan eng yaxshi odam edi. U mukammal ijtimoiy xulq va ajoyib adabiy qobiliyatga ega inson edi", deb yozadi Shenderovich.

U AQShda uzoq davom etgan xastalikda davolanib kelganidan keyin vafot etgan.

Uning dafn etilish vaqti va joyi haqida aniq ma'lumot berilmagan.

Ma'lumot uchun, Samuil Aronovich Lure 1942 yilning 12 may kunida Sverdlovsk shahrida tug‘ilgan. U Leningrad davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. U ilk marta 1964 yilda "Zvezda" jurnalida tanqidiy maqola bilan chiqish qilgan.

U Andrey Saxarov nomidagi mukofot hamda Russkiy Buker mukofotining hay'at a'zosi hisoblanardi.

Lurening o‘zi esa turli yillarda "Zvezda" jurnalining maxsus mukofotlari, "Neva" jurnali mukofoti (2002 yil) hamda P.A.Vyazemskiy mukofotiga (1997 yil) loyiq ko‘rilgan.

Top