09:38 / 09.08.2015
3090

The Guardian jurnalisti Putin haqidagi kitobga aloqasi borligini inkor qildi

The Guardian gazetasi jurnalisti Lyuk Xarding Tvitterdagi sahifasi orqali Rossiyada uning nomi ostida chop etilgan “Putindan boshqa hech kim” nomli kitobga aloqasi borligini inkor qildi.
Kitob “Putin loyihasi” seriyasi doirasida “Algortim” nashri tomonidan chop etilgan edi. Annotatsiyada Xarding uning yagona muallifi sifatida ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, Xarding ilgariroq ushbu seriya doirasida Genri Kissinjyer nomidan chop etilgan “Putinni tushunish” kitobining ham ushbu shaxsga aloqador ekanligini shubha ostiga oldi.
Shu bilan bir qatorda, Oliver Stoun Xardingning Snouden haqidagi kitobi asosida fil suratga olishi ma'lum qilindi.

Top