03:03 / 09.08.2015
3561

Yaponiyalik tyuning mutaxassislar Toyota GT86’ni Aston Martin’ga aylantirishdi

Yaponiyaning DAMD tyuning atelesi Toyota GT86 kupesining o‘z variantini taqdim qildi. Avtomobilning dizayniga Aston Martin V8 Vantage elementlari qo‘shildi. Tyuning mutaxassislari avtomobilning texnik qurilmalarini o‘z holicha qoldirib, faqatgina tashqi ko‘rinishi va intererini o‘zgartirish bilan cheklandilar.   

Toyota GT86

“Toyota” uchun “Aston Martin” uslubidagi radiator panjarasiga ega old bamper, oldi qanotlarga nakladkalar, yon tomonlarida qo‘shimcha ventilyatsion teshiklarga ega orqa bamper, spoyler va orqa ko‘rinish oynalarining yangi korpuslari tayyorlandi. Sportkupening saloni jigarrang teri bilan qoplangan.  

Toyota GT86

Bundan tashqari, Toyota GT86 avtomobili Bridgestone Potenza shinalariga ega 19 dyuymli Rays g‘ildirak disklari, yangi vpusk va Spirit Racing amortizatorlari hamda ACRE tormoz mexanizmlari bilan jihozlandi.

Avtomobilning “Aston” uslubidagi old bamperi 148 ming iyena (1086 yevro), bo‘yashni hisobga olmagan holda avtomobilning to‘liq komplektdagi qo‘shimcha bezak detallari 336 ming iyena (2,5 ming yevro)ga aylanadi.    

Top