10:52 / 10.08.2015
4722

AQShda 66 yoshli ayol mahbusga bo‘sa orqali geroin yetkazishga harakat qildi

AQShning Missuri shtatida istiqomat qiluvchi ayol mahbusga bo‘sa orqali geroin yetkazishga harakat qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

66 yoshli Betti Uilson axloq tuzatish koloniyasi mahbusini o‘pib, og‘zidagi geroinni unga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Ammo u geroin solingan kapsulani yutib yuborgan.

Voqea yuzasidan sud chorshanba kuni o‘tkaziladi.

Top