19:38 / 10.08.2015
5587

Putin Markaziy bankning rublni mustahkamlash yo‘lidagi harakatlariga baho berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina bilan uchrashuv chog‘ida bank milliy valyuta mustahkamlash yo‘lida “qat'iy” kurashib kelayotganini ma'lum qildi.
“Markaziy bank milliy valyutani mustahkamlash uchun harakat qilmoqda, harqalay, bizning moliyaviy tizimimiz barqarorligi uchun kurashmoqda. Siz bu yo‘ldan qat'iyat bilan ketayotganingizni ko‘rib turibman”, – uning so‘zlarini keltiradi RBK nashri.
Shunga qaramay, rubl kursi tushishda davom etmoqda.
11 avgustga bank tomonidan dollarning kursi 64,4977 rubl deb belgilandi. Shu tariqa, o‘tgan kun bilan qiyoslaganda rubl qiymati 1.02 foizga kamaydi. Yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 1.34 foizga ko‘tarilib, 70.7540 rublni tashkil etdi.

Top