19:12 / 11.08.2015
6019

2015-2016 o‘quv yilida 631 ming nafar o‘quvchilar uchun "Prezident sovg‘asi" tayyorlandi

Joriy yilda O‘zbekiston bo‘yicha 29ta yangi maktab qurib foydalanishga topshirildi, 219ta maktab rekonstruksiya qilindi, 136ta maktab kapital ta'mirlandi.

Bu ishlar uchun 341,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Shuningdek, 2015 yilda 275ta maktabgacha talim muassasalari kapital ta'mirlanishi davom etmoqda.
2015 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 221 sport inshootlari, 5ta bolalar musiqa va san'at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi va ushbu ishlar uchun 239,3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

O‘quvchilarni darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash maqsadida yangi o‘quv yili uchun 454 nomdagi 25,7 million nusxa darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etildi va ta'lim muassasalariga yetkazildi. Bundan tashqari, joriy yilda 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun jami 641,3 ming nusxa chet tili darsliklari, 2-sinflar uchun 591,9 ming nusxa, 3-sinflar uchun 593 ming nusxa darslik va mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun 62,6 ming nusxa metodik qo‘llanma va multimedia ilovalari chop etildi.

2015-2016 o‘quv yilida respublikadagi umumta'lim maktablarining 1-sinfiga 631 ming nafar o‘quvchilarning kelishi kutilmoqda va ular uchun 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tayyorlanib, umumta'lim maktablariga yetkazildi.

Top