12:55 / 11.08.2015
2983

AQShlik 90 yoshli qariya o‘z rafiqasini yonayotgan uy ichidan nogironlar aravachasi yordamida olib chiqdi

AQShning Shimoliy Karolina shtatida 90 yoshli Artur Shnayder o‘zining 89 yoshli rafiqasini tutun ichida qolgan uy ichidan nogironlar aravasiga ortgan holda olib chiqib, qutqarib qoldi.
ABC News nashrida yozilishicha, bu uyga chaqmoq urilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan edi.
Artur Shnayderning aytishicha, u Parkinson xastaligiga chalingan rafiqasi Rouzmarini aravacha orqali uzoq masofaga qanday qilib olib yura olganiga o‘zi ham ishonmayapti. U rafiqasini tomgacha olib chiqqan, u yerda esa yordamga kelgan qo‘shnilar kutib turishgandi.
"Menimcha, xudo bizga kuch g‘oyibdan kuch berdi", deydi u.
Ularning 58 yoshli qizining aytishicha, Artur va Rouzmari Ikkinchi Jahon urushidan oldinroq tanishgan, yaqinda ularning turmush qurishganiga 69 yil to‘ladi.
Shnayderlar oilasida 9 nafar farzand va 21 nabira hamda 2 nafar evara tug‘ilgan.

Top