19:49 / 11.08.2015
3600

"Balcom BMW Cup": O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Yaponiyani mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyadagi "Balkom BMW" xalqaro turniridagi ikkinchi o‘yinda Yaponiya yoshlar terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Yaponiyaning Xirosima shahrida davom etayotgan "Balcom BMW Cup" xalqaro turniridagi ikkinchi uchrashuvida o‘yinning 48-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev tomonidan kiritilgan yagona gol O‘zbekiston yoshlariga g‘alaba keltirdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaning ilk turida Polsha yoshlar terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etishgan edi. Yaponiya yoshlari esa, Xirosimani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Ikkinchi tur bahslaridan so‘ng O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi o‘z ochkolarini 5taga yetkazib oldi va peshqadamga aylandi. Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa musobaqaning so‘nggi turida 13 avgust kuni Xirosima shahri yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

"Balcom BMW Cup" xalqaro turniri.
9 avgust. Xirosima, Yaponiya.
O‘zbekiston - Yaponiya 1:0
Gol: Jasur Yaxshiboyev (48).
O‘zbekiston: Umid Hamroyev, Islom Qobilov, Xushnud Avilov, Tursunboy Raximberdiyev, Azizjon G‘aniyev, Nurillo To‘xtasinov, Sharof Muhiddinov, Doston Ibragimov, Sanjar Qodirqulov, Husniddin G‘ofurov, Behzod G‘anijonov.

Top