21:56 / 11.08.2015
4980

«Chelsi» shifokori Yeva Karneyro jamoa mashg‘ulotlari va o‘yinlarida ishlashdan chetlatildi

"Chelsi" jamoasi shifokori Yeva Karneyro bosh murabbiy Joze Mourinoning tanqididan keyin jamoa mashg‘ulotlarida ishlashdan chetlatildi. Bu haqida “The Telegraph” nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mourino “Suonsi”ga qarshi o‘yinda jamoa shifokorlari o‘yinni yaxshi tushunmasligidan nolib, ulardan ochiqchasiga norozi bo‘lgandi. O‘shanda Yeva Karneyro Eden Azar raqib bilan to‘qnashib ketganidan keyin unga yordam berish uchun maydonga yugurib chiqqandi va murabbiyning noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Buning natijasida Azar shifokorlar bilan birga maydonni vaqtinchalik tark etishga majbur bo‘lgan, shundoq ham bir kishi kam o‘ynayotgan “Chelsi” futbolchilari esa maydonda 9 nafar bo‘lib qolishgandi.

Karneyro klubda ishlashda davom etadi, faqat jamoaning mashg‘ulotlari, futbolchilar joylashgan mehmonxonalar va o‘yinlarga bormaydi. Shuningddek, u zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish huquqidan mahrum bo‘ldi.

Shu tariqa, Yeva Karneyro "Chelsi"ning 15 avgust kuni "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazadigan 2 tur uchrashuvida ham maydon hududida bo‘lmaydi.

Top