15:58 / 11.08.2015
8530

Jizzaxda ota o‘g‘lining 16 mln so‘m pulini firibgarlik bilan o‘zlashtirib oldi

Jizzaxda ota o‘g‘lining 16 mln so‘m pulini firibgarlik bilan o‘zlashtirib oldi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Jizzaxlik Ulug‘bek Asatov muqaddam sudlangan va oilasi bilan ajrashib ketgan. Uning ikki farzandi otasi bilan bordi-keldi qilmas edi.
Asatov o‘g‘lining J. Jumaboyevga tegishli 12 sotix yerni 16 mln so‘mga sotib olganini, endi imorat ko‘tarish uchun pul to‘playotganini eshitdi. U Jumaboyevning oldiga borib, o‘g‘lining yerdan voz kechganini, otasini davolatish uchun pul kerak bo‘lib qolganini bahona qilib, undan 16 mln so‘m pulni olib ketdi.
Oradan bir necha kun o‘tib, Asatovning ishi fosh bo‘ldi. O‘g‘lining arizasiga ko‘ra u javobgarlikka tortildi va pullarni qaytarib berishga majbur bo‘ldi.

Top