07:55 / 11.08.2015
2715

O‘zbekistonda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini jihozlash uchun 17,44 mln dollar yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash bo‘yicha loyiha ishga tushirilishi ma'lum qilindi.

Loyiha O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki tomonidan imzolangan, 14 yilga mo‘ljallangan 17,44 mln dollarlik kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning amalga oshirilish muddati 4 yilga – 2015-2018 yillarga mo‘ljallangan. Bu muddat davomida mamlakatda mavjud bo‘lgan 157ta sanitariya-gigiyenik laboratoriyalarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, sanitariya-gigiyenik laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishi avvalambor sanitar-epidemiologik vaziyatni nazorat qilishni takomillashtirishga qaratilgan monitoring tizimini yanada rivojlantirishni amalga oshirish imkonini beradi.

“Xalq so‘zi” gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, loyihada mamlakatdagi sanitar-epidemiologik vaziyatni baholashda asosiy vositalar hisoblanadigan mavjud asbob-uskunalarni jahon standartlari va talablariga javob beruvchn zamonaviy nusxalariga almashtirish bilan birga, eng zamonaviy uskunalar bilan ishlash uchun soha xodimlari kasbiy tayyorgarligini oshirish, uskunalar bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish, moliyaviy audit va boshqa ko‘plab tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Top