22:56 / 12.08.2015
4310

Qozog‘iston Rossiya Mudofaa vazirligidan 5 dona S-300 zenit-raketa majmuasi oldi

Qozog‘iston Rossiya Mudofaa vazirligidan 5 ta S-300 zenit-raketa majmuasi oldi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi saytida ma'lum qilindi.   

“Qozog‘iston Havo mudofaasi kuchlari havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlariga beg‘araz asosda Rossiya Mudofaa vazirligidan 5 dona zamonaviy S-300PS zenit-raketa majmuasi yetkazildi”, deyilmoqda xabarda.     

Shuningdek, majmualar amaliy otishmalar paytida snovdan o‘tkaziladi hamda Qozog‘iston havo hujumiga qarshi qo‘shinlari qurollanishiga o‘tadi. S-300PS majmuasi past balandliklarda uchuvchi kichik nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.   

Top