15:56 / 12.08.2015
3919

Yaponiya bosh vazirining Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifi muddatlari o‘zgardi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Markaziy Osiyo turnesi muxlati o‘zgarishga uchradi. Safar avgustdan oktabrga ko‘chirildi.

23 iyun kuni Yaponiya parlament sessiyasining ishi 27 sentabrga qadar uzaytirildi. Bu Yaponiya parlamentining Ikkinchi Jahon urushidan keyingi tarixidagi eng uzoq davom etadigan sessiyasi bo‘ladi. Sindzo Abe ma'muriyati shu yo‘l bilan xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunlar paketini muhokamadan va tasdiqdan o‘tkazmoqchi. Bu qonunlar Yaponiya fuqarolarini mamlakat tashqarisida ham qurol bilan himoya qilish imkoniyatini yaratib beradi.

The Japan Times nashrining yozishicha, shu munosabat bilan bosh vazirning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonga tashrifi oktabrga qoldirilgan.
Aytib o‘tish joiz, bu Yaponiya hukumati rahbarining mintaqaga 2006 yildan buyon birinchi safaridir. O‘shanda bosh vazir Dzyun'itiro Koidzumi O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lgan edi.

Top