14:39 / 13.08.2015
5257

Google Android operatsion tizimi uchun eng noodatiy mobil ilovalar saytini ishga tushirdi

Google kompaniyasi Android uchun eng noodatiy va mohirona ishlab chiqilgan mobil ilovalar taqdim etuvchi Android Experiments sayti faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Shu yo‘l bilan Google nafaqat Google Play mobil ilovalar do‘koniga ko‘proq foydalanuvchilarni jalb etmoqchi, balki dasturchilarga haqiqiy qiziqarli dasturlar aslida qanday bo‘lishini ham ko‘rsatib qo‘ymoqchi.

Ayni paytda saytda jami 20 ta mobil ilova joylashtirilgan bo‘lib, resurs doimiy ravishda boyitib boriladi.

Top