General Motors kompaniyasi Shimoliy Amerika bozorida 73 ming avtomobilini ortga qaytarib olishi haqida e'lon qildi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, kompaniya 2010 yilda sotuvga chiqarilgan «Shevrolet Kobalt» avtomobillarini xavfsizlik yostiqchasidagi xatolik tufayli ortga qaytaradi.
Kompaniya vakilining aytishicha, shu vaqtgacha bu xatolik tufayli faqat bir marta yo‘l-transport hodisasi yuz bergani aniqlangan.