12:04 / 15.08.2015
2544

Marko Rubio AQShga prezident bo‘lgan taqdirda Kuba va Eronga nisbatan siyosatni qattiqlashtirishni va'da qildi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzodi ko‘rsatilayotgan Florida shtati senatori Marko Rubio hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda Obama ma'muriyati tomonidan Kuba va Eronga berilgan “yengillik”larni bekor qilishga va'da berdi. “Tashqi siyosiy tashabbus” konservativ tashkiloti a'zolari qarshisida chiqish qilar ekan, Rubio Vashingtonning Gavana bilan diplomatik aloqalarni tiklash qarorini keskin tanqid ostiga oldi.

Rubio Obama ma'muriyatini “ozodlik uchun kurashayotganlar tomonida” turmayotganlikda aybladi. Uning fikricha, Oq Uyning bugungi xo‘jayini “zolimlar bilan tezda kelishib oldi, ammo mazlumlar bilan ishlashga shoshilmayapti”.

Rubio asli kubalik bo‘lib, uning ota-onasi 50-yillarda AQShga ko‘chib kelgan. Ekspertlarning fikricha, aynan shu holat siyosatchining rasmiy Gavanaga munosabatiga ma'lum darajada ta'sir o‘tkazadi.
Rubio Kuba, KXDR bilan aloqa qilishda davom etgan taqdirda, terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlar sirasiga kiritilishi kerakligini ta'kidladi.

Top