02:37 / 15.08.2015
2503

Pentagon Guantanamodagi mahbuslarni AQSh qamoqxonalariga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Pentagon Kubada joylashgan Guantanamo qamoqxonasidagi mahbuslarni AQSh qamoqxonalariga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Pentagonda Guantanamodan AQShga mahbuslarni o‘tkazishni taqiqlovchi qonun qayta ko‘rib chiqilishi kerak deb hisoblashmoqda.

Ma'lum qilinishicha, gap Kubadagi qamoqxonada ushlab turilgan 116 nafar xavfli jinoyatchilarning yarmi haqida ketmoqda.

14 avgustda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri AQSh va Kuba o‘rtasidagi munosabatlarning qayta tiklanishining ramzi sifatida AQShning Gavanadagi elchixonasida AQSh bayrog‘ini tantanali ravishda yuqoriga ko‘tardi. 

Top