14:15 / 16.08.2015
9162

Shveytsariyalik millionerning o‘g‘li sug‘urta pulini olish uchun Ferrari 458 Italia mashinasini yoqib yubordi

Shveytsariyalik millionerning o‘g‘li 245 ming dollarlik Ferrari 458 Italia mashinasining o‘rniga yangi avtoulov sotib olish niyatida sug‘urta pulini olish maqsadida o‘z avtomobilini yoqib yubordi. Bu haqda Insurance Business America nashri xabar berdi.
Otasi o‘g‘liga har oy 10 ming dollar pul berardi, ammo u eskirgan superkarini almashtirish uchun otasidan pul so‘rab o‘tirmadi.

19 yoshli yigit mashinaning yonib ketishini uyushtirish uchun ikkita odam yollab, har biriga 15 ming dollardan va'da qilgan. U mashinani yo‘l chetida qoldirib, bino ichiga kirib ketganida, yollangan yigitlar ulovga o‘t qo‘yib yuborgan.
Ammo ularning tayyorgarlik jarayoni kuzatuv kamerasida qayd qilingani bois politsiya yigitlarning SMS-yozishmalarini tekshirib ko‘rishga qaror qildi.

Endi millionerning o‘g‘li 32 ming dollar jarima to‘lab, 22 oylik sinov muddatini o‘tashga majbur bo‘ladi.
Aytilishicha, yigitning yana 14ta mashinasi bor.

Top