10:16 / 17.08.2015
2277

Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 85 a'zosi 19 mln dollarlik mahsulot eksport qildi

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasida 2015 yilning birinchi yarmi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida xabar qilinishicha, hisobot davrida xorijiy kapital ishtirokida 34ta qo‘shma korxona tashkil etildi. Ularning ustav fondi umumiy miqdorda 8.25 mln dollarga teng bo‘lib, shulardan xorijiy kapital 4.85 mln dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, 84 korxonaga mini-texnologiyalar va asbob-uskuna topishda yordam ko‘rsatildi. O‘zbekiston hududida palata tomonidan 91ta ko‘rgazma tadbiri o‘tkazildi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 90 nafari Germaniya, Turkiya, BAA, Rossiya, Italiya, Hindiston, XXR, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada tashkil etilgan 32ta xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etdi.

Bundan tashqari, 85ta korxonaga 18.7 mln dollarlik eksport operatsiyalarini o‘tkazishda ko‘mak berildi.

Top