18:15 / 18.08.2015
5590

Benzema 250 ming dollarga brilliant qoplangan to‘p sotib oldi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema to‘p ko‘rinishidagi zargarlik buyumini sotib oldi. Bu haqda TMZ internet nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, mazkur to‘p butunlay qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Uning yuzini qoplash uchun 1250 karatlik 72 ming dona brilliant toshlardan foydalanilgan.

Mazkur esdalik buyumini Benzema DWS Jewerly and Co brendiga ega korxonadan 250 ming dollar evaziga sotib olgan.

Top